So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

26 noy 14:08
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. SHaxmatda "o'zbek klassiko"si boshlandi. Sindarov Abdusattorovga qarshi!

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada 6-tur uchrashuvlari start oldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Biroz avval turnirning 6-tur uchrashuvlari boshlandi. 

Turning markaziy partiyasi birinchi doskada 5-turdan so'ng peshqadamlikni qo'lga olgan Javohir Sindarov hamda musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov o'rtasida o'tkazilyapti. Ikki shaxmatchini yarim ochko ajratib turibdi. Abdusattorov ketma-ket ikki durangdan keyin qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'ringa tushib ketdi. 

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'zaro 26 marotaba to'qnash kelishgan ekan. SHundan 9 tasida Nodirbek, 7 tasida Javohirning qo'li baland kelgan. O'nta partiyada durang natija qayd etilgan. Bugun 27-uchrashuv o'tkazilyapti. O'ziga xos "o'zbek klassiko"si!  

Musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Ortiq Nig'matov (2447) ayni daqiqalarda eronlik grossmeyster Amin Tabatayi bilan oq donalarda o'ynayapti. U kecha 5-turda Nodirbek Abdusattorov (2777) bilan bahsda durangga imzo chekkandi. Yana bir o'zbek derbisida Muhiddin Madaminov va SHamsiddin Vohidov o'zaro hisob-kitob qilishyapti.  

Beshinchi turdan so'ng Javohir Sindarov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Sakkiz shaxmatchi - Ortiq Nig'matov, Murali Kartikyan, Saha Nilash, Nihal Sarin, Nodirbek Abdusattorov, Sankalp Gupta, Vitaliy Bernardskiy va Saparmirat Atabaev 4 ochkodan jamg'arishgan. Abdusattorov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-pog'onadan joy olgan.

"Prezident Kubogi". 6-turning markaziy partiyalari:

Nodirbek Abdusattorov (GM, 2777) – Javohir Sindarov (GM, 2682)  

Ortiq Nig'matov (IM, 2447) – Amin Tabatabaei (GM, 2688)  

Muhiddin Madaminov (IM, 2501) – SHamsiddin Vohidov (GM, 2681)  

Saparmirat Atabaev (IM, 2520) – Nihal Sarin (GM, 2676)

Sankalp Gupta (GM, 2539) – Murali Kartikeyan (GM, 2625)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing