So’nggi yangiliklar

18:57Рамазон Темиров, Хотамбек Бойназаров, Амирхон Алихўжаев ва бошқа юлдузлар жанг қиладиган Mangu 1 турниридан ОНЛАЙН 0 15:39"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган 0 15:07Жастин Гэтжи ММАдаги фаолияти қачон якунланишини айтди 0 14:30UFC эгаси Оқ уйдаги турнир учун кард ҳозирнинг ўзида ишлаб чиқилаётганини маълум қилди 0 13:55Артур Бетербиев Дмитрий Бивол билан эҳтимолий учинчи жанг ҳақида маълумот берди 0 13:24Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум 0 12:37Усик ўз промоутерлик компаниясини қайта ишга туширди 0 11:16Майк Тайсон: "Мен ўзимдан шу қадар нафратланардимки, ҳатто ўлгим келарди" 0 10:55UFC Fight Night 266. Тўрт жангчи вазн қила олмади, улар орасида Муин Гафуров ҳам бор 0 10:34Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади" 0 10:13Теннисчимиз Лайма Владсон Анталиядаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 09:52Камару Усман Шавкат Раҳмоновнинг UFC рейтингидан чиқариб ташланганига муносабат билдирди 0 09:31Жон Жонс касаллигига қарамай, Оқ уйда жанг қилишга тайёр 0 19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0

10 avg 18:55
Yangiliklar

Boshqalar

Prezident sportchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qarorga imzo chekdi

Teglar :  Prezident qarori
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularni trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi Qarorni imzoladi.

Qarorda mustaqillik yillarida O'zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qo'lga kiritishlari, dunyoda O'zbekistonning obro'-etibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini taminlashga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligi takidlangan.

Ayni paytda, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning o'z mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, jismonan va manaviy etukligini taminlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish zarurligi qayd etilgan.

SHu munosabat bilan qabul qilingan mazkur qarorda keng ko'lamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Jumladan, O'zbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol ko'maklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturini ishlab chiqilishi belgilangan.

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilariga to'lanadigan oylik to'lovlar va ularni trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantirish miqdorlari aniq belgilab berilgan. Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar uchun umrbod to'lanadigan oylik to'lovlar va ularni trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig'isiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Olimpiya va Paralimiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari bir yilda bir marta o'zlari uchun maqbul bo'lgan muddatda sanatoriy-sog'lomlashtirish muassasalarida sog'lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega bo'ladilar.

SHuningdek, qarorda O'zbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo etib, o'zlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yo'lga qo'yish imkoniyatini yaratish maqsadida ularga “nol” qiymatida binolar berish, er hamda banklardan kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zaruriy choralar ko'rish belgilandi. Qaror doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilar va ularni trenerlari mehnatini munosib rag'batlantirish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

Qarorning to'liq matni matbuotda elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
10 avg 19:32:57
Aslanbek
Спасибо Вам Шавкат Миромонович!!!
   
10 avg 19:52:07
КОНЪСУЛ
Рахмат ажойиб Қарор учун
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing