So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

09 jan 15:05
Yangiliklar

Futbol

Prezident yosh bolakayni "Bunyodkor"da o'ynash istagini amalga oshirdi

Teglar :  Bunyodkor
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev yangiyo'llik yosh bolakayning orzusini amalga oshirdi.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev Toshkent viloyati Yangiyo'l shahriga safar uyushtirdi. Unda SHavkat Miromonovich Fayzli mahallasida istiqomat qilayotgan axoli bilan uchrashib, turli xil masalalarda suhbatlashdi. Suhbatdoshlardan biri, yosh bolakay Komiljon Ismoilov Prezidentimiz bilan muloqotda  orzusi Bunyodkor futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lish ekanligini aytdi. SHavkat Mirziyoevning bolakayga orzuing amalga oshdi deb hisoblayver, deya ishonch bilan takidlashi, o'smir futbolchiga olam-olam quvonch ulashdi.

SHundan so'ng, Bunyodkor futbol klubi rahbariyati Yangiyo'l shahri Fayzli mahallasida yashovchi Komiljon Ismoilov bilan bog'lanib, uni Bunyodkor futbol maktabiga taklif etdi. Buyuk futbolchi bo'lish orzusidagi Komiljon Bunyodkor futbol klubiga tashrif buyurdi.

- Prezidentimiz bilan uchrashuv hayotimni butkul o'zgartirib yubordi. Yangiyo'lda 3-4 yildan beri futbol bilan shug'ullanib kelaman. O'zimni yangi qirralarimni kashf etish va yanada kuchliroq bo'lish istagida Bunyodkor akademiyasida tahsil olish orzularimdan biri edi. Hurmatli SHavkat Miromonovich, menga shunday tuhfa ato qildiki, hozirda juda baxtiyorman. O'zim Bunyodkorning ashaddiy ishqiboziman! Jamoa tarkibidagi Rustamjon Ashurmatov va Akramjon Komilovning hatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib boraman. O'ylaymanki, men ham xuddi shu akalarim singari yaxshi futbolchi bo'lib, Vatanim bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga bor kuchim, istedodim bilan harakat qilaman. Menga Bunyodkor futbol klubi rahbarlari aloqaga chiqishdi va jamoaga taklif etishdi. Bugundan Bunyodkor futbol maktabiga qabul qilindim. Endi bor etiborimni futbol sir-asrorlarini o'rganishga qaratib, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, - deydi yangiyo'llik 12 yoshli Komiljon Ismoilov.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing