So’nggi yangiliklar

12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

04 apr 20:27
Yangiliklar

Boshqalar

Prezidentimizning murojaati sport ahliga kuch va qanot berdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Muhokamalarga o'tishdan oldin davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi va, jumladan, shunday dedi:

«Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar ko'rilmoqda. Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga etdi. Ming afsuski, ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila azolari va yaqinlariga o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur taziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman . . .

Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o'quvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:

Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o'tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o'zlashtiring. Kitob o'qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang».

Davlatimiz rahbarining xalqimizga qilgan murojaati sportchilarimizni ham befarq qoldirmadi. Ayni paytda karantinni uy sharoitida o'tkazayotgan olimpiya terma jamoalari azolari ham Prezidentimizning ushbu murojaat va mulohazalarini to'liq qo'llab-quvvatlaydi.

"Murojaatni katta hayajon bilan tingladik. Biz ham karantin tartibiga qatiy rioya qilgan holda shifokor va mutaxassislar tavsiyalariga quloq tutib, mashg'ulotlarni uy sharoitida olib boryapmiz. Albatta, bahorgi kunlar uzaygan, vaqtni mazmunli o'tkazish uchun esa odam biror sevimli ish bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport bu borada katta yordam berishiga ishonaman", – dedi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Iroda To'laganova.

O'z navbatida Prezidentimizning mazkur murojaati haqida fikr bildirar ekan boks bo'yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi: 

"Davlatimiz rahbarining yurtimiz yoshlariga qarata: «Kitob o'qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang», degan davatlari bizni yanada ruhlantirdi. Biz sportchilar ham shu fikrlarni qo'llab-quvvatlagan holda uy sharoitida o'zingizga maqbul mashg'ulotlar bilan band bo'lishingizni, uyda qolib, oilangizni, yaqinlaringizni xavfdan xoli holda bo'lishini taminlashingizga chorlab qolaman".

«Prezidentimizning murojaati biz sport ahliga kuch va qanot berdi. Biz yurtboshimizni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz va shu bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashda matonat va jasorat ko'rsatayotgan tibbiyot xodimlariga, bizning xavfsizligimizni taminlab turgan ichki ishlar, harbiylar va milliy gvardiya xodimlariga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz. Bu pandemiya xalqimizni yanada birlashtirdi. Aminmanki, biz yakdillik bilan bu virusni enga olamiz», – dedi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi SHahrullo Mahmudov.

Yurtboshimizning bu boradagi fikrlari bizni yanada ruhlantirdi. Muhtaram Prezidentimizning sport ilm-faniga ham yuksak etibor qaratishlari bizga yanada kuch bergan. Biz olimlar ham mana shunday kunlarda bor g'ayratimizni safarbar qilishga vada beramiz. Bu davrda biz ham masofadan o'z izlanishlarimizni davom ettiramiz”, – deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti professori Fikrat Kerimov.

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Birodar Abduraimov bu masalaga quyidagicha izoh berdi:

“Muhtaram SHavkat Miromonovich boshchiligida sportga qaratilayotgan etibor samarasi o'laroq yoshlarimiz katta-katta marralarni zabt etishmoqda. Prezidentimizning mana shunday sinovli kunlarda ham xalqimizni birdamlikka chaqirayotganlari, yoshlarimizni jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga undayotganlarini ko'rib yanada g'ururlandim. O'z navbatida biz ham yoshlarimiz qatori har kuni jismoniy tarbiya mashqlarini sira kanda qilmaymiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing