14 iyu 16:27
Yangiliklar
Futbol

PSJ de Ligtga "Barselona"dan ko'ra ikki karra ko'proq to'lamoqchi
"Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt "Barselona" va PSJdan taklif qabul qilib oldi.
Parijliklar unga yiliga 12 million evro mablag' to'lashmoqchi. Kataloniyaliklarda esa bu raqam 6 millionni tashkil etadi. Himoyachi shuningdek "Yuventus"ga ham o'tishi mumkin. Turinliklar esa himoyachiga yiliga 10 million evro to'lashlari mumkin.
19 yoshli futbolchi "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati mobaynida Gollandiyaning turli yosh terma jamoalarida harakat qilgan. 2017 yildan esa Gollandiya milliy terma jamoasida harakat qilib kelmoqda.
Malumot uchun, De Ligt joriy mavsum barcha turnirlarda 56 ta o'yinda harakat qilib, 8 ta gol kiritb, 1 ta golga hammualliflik qildi.
Havola :
Fikrlar