22 iyu 10:30
Yangiliklar
Futbol
PSJ futbolchisi "Roma"ga o'tishga rozi bo'ldi
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoani tark etishga tayyor.
31 yoshli futbolchi "Roma" bosh direktori Tiagu Pintuga Rim jamoasiga o'tishga rozi ekanligini aytdi. PSJning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte niderlandiyalik futbolchini rejalariga kiritmayapti, shu bois parijliklar unga chiqish eshiklarini ko'rsatishi mumkin.
"Roma" Veynaldumni ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Rimliklar, shuningdek, PSJ futbolchi maoshining yarmini o'z zimmasiga olishini istamoqda — Jorjino yiliga 9 million evro topadi.
Kelishuv kelasi haftadayoq yakunlanishi kutilmoqda. Klub rahbarlarining munosabatlari yaxshi. Veynaldum PSJda bor-yo'g'i bir mavsum o'ynadi, bir yil oldin u "Liverpul"dan erkin agent sifatida klub safiga kelib qo'shilgandi.
Havola :
Fikrlar