12 fev 10:01
Yangiliklar
Tennis

Pui hamyurti Gaskeni mag'lub etib, sovrinni Franciyada olib qoldi
Franciyaning Monpele shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 540 000 evroni tashkil qilgan turnir yakunlandi.
Open Sud de France musobaqasining final uchrashuvi sof francuzcha o'tdi. Unda musobaqaning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Lyuka Pui beshinchi raketka bo'lgan Rishar Gaskeni 7:6(2), 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Lyuka 1 soatu 27 daqiqa davom etgan uchrashuv 10ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Puiga 89 435 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar