03 fev 11:21
Yangiliklar
Tennis
Monpele (ATP 250). Feliks Oje mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi
Franciyaning Monpele shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 23-raketkasi Feliks Oje ATP reytingida 102-pog'onada borgan amerikalik Aleksandar Kovachevichni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/7(7), 7/6(2).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi - 2:0. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Oje 19, Kovachevich 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Feliks faoliyatidagi ettinchi ATP sovrinini qo'lga kiritdi. Kanadalik tennischi 103,525 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ham ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar