27 apr 20:48
Yangiliklar
Futbol

Qamoqdagi Ronaldino oqlanishga umid qilmoqda
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldino Paragvayda akasi bilan soxta hujjatlar orqali qamalib qolgani haqida gapirdi.
"Hujjatlarimiz soxta ekanligini bilib, o'zimiz ham hayron qoldik. O'sha vaqtdan buyon biz sud bilan bu borada ish olib bordik. Barchasi adolatli bo'lishi uchun biz guvohlik berishga tayyormiz.
Qamalishimiz haqidagi xabarni eshitish juda og'ir bo'ldi. Hayotimda bunday voqea bo'ladi deb o'ylamagandim. Hayotim davomida barchaga o'rnak bo'lish uchun intilib kelganman, shuningdek, o'z o'yinim bilan odamlarni xursand qilganman.
Umid qilamanki, barchasi bizning foydamizga bo'ladi va biz oqlanamiz", - dedi Ronaldino.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar