08 may 16:20
Yangiliklar
Tennis

Qarshi "CHellenjer". Sanjar Fayziev ham "etib keldi"
Qarshi shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun tennischimiz Sanjar Fayziev turnirdagi ilk o'yinini o'tkazdi. Hamyurtimiz birinchi davrada hindistonlik Sashi Kumar Mukundga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 25 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 6:4, 2:6, 6:7 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
Endi hindistonlik sportchi ikkinchi davrada turnirning ikkinchi saralangan tennisichisi Nikola Miloevichga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar