26 apr 08:14
Yangiliklar

Qarshi “Fyuchers”. Fayziev va Karimov chorak finalda
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikkinchi davra uchrashuvlari yakunlanib, chorak finalga yo'l olgan sakkiz tennischining nomi malum bo'ldi. Ulardan ikki nafari o'zbekistonlik tennischilardir.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov turnirning sakkizinchi raketkasi ukrainalik Vladislav Manafovni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi u turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Xiroki Moriyaga qarshi kortga chiqadi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hisoblangan Sanjar Fayziev esa rossiyalik Vladimir Polyakovdan 7:6(2), 6:2 hisobida ustun keldi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi turnirning ikkinchi raqamli tennischisi rossiyalik Konstantin Kravchuk bo'ladi. Kravchuk ikkinchi davrada yosh tennischimiz Humoyun Sultonovni 7:5, 6:4 hisobida engdi.
Fikrlar