24 apr 07:51
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Fayziev va Sultonov g'alaba bilan boshladi
Qarshi shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtlarimizdan Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Saidalo Saidkarimov va Pavel Coy o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Ulardan turnirning beshinchi raketkasi hisoblangan Sanjar Fayziev ilk davrada hindistonlik Sidxart Ravatni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Humoyun Sultonov esa argentinalik Manuel Pena Lopesdan 6:2, 6:1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar