28 apr 14:55
Yangiliklar
Tennis

Qarshi "Fyuchers". Sanjar Fayziev finalda!
Qarshida bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" turniri nihoyalab bormoqda.
Kecha turnirning birinchi raqamli tennischisini mag'lubiyatga uchratgan sportchimiz Sanjar Fayziev bugun yarim finalda estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqdi.
56 daqiqa davom etgan bahsda Sanjar raqibini qiyinchiliksiz 6:2, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.
Endi u hal qiluvchi o'yinda turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan beloruslik tennischi Egor Gerasimovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar