So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

17 iyu 15:39
Yangiliklar

Boshqalar

Qarshida triatlon bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Qarshi shahridagi “Vatanparvar” bog'i hamda I.Karimov ko'chasining “Nasaf” ko'chasi bilan kesishgan qismidan “Do'stlik” supermarketigacha bo'lgan masofada triatlon bo'yicha Qarshi shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi ochiq birinchiligi o'tkazildi.

Ushbu musobaqa Qarshi shahar hokimligi hamda Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligidagi 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirishi to'g'risida”gi yig'ilish bayoni ijrosini taminlash maqsadida tashkil etildi. 

Triatlon bo'yicha o'tkazilgan mazkur musobaqada 2000-2003 va 2004-2006 yillarda tug'ilgan 100 nafarga yaqin ishtirokchilar suzish bo'yicha 750 metr masofaga, velosport bo'yicha 20 000 metr masofada, shuningdek, yugurish bo'yicha 5000 metr masofada o'z iqtidorlarini namoyish etdishdi.

G'olib va sovrindorlar:

2000-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar

1. Jahongir Samiev 

2. Akobir Norqobilov 

3. SHahobiddin Dostonov 

2000-2003 yillarda tug'ilgan qizlar 

1. Sevara Boboqulova

2. Marjona Ravshanova 

2004-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar 

1. Ikromxon Umarov 

2. Mahmudjon Rustamov

3. Ilhom Samadov 

2004-2006 yillarda tug'ilgan qizlar 

1. Feruzabonu  Elieva 

2. Muxlisa Hikmatova 

3. Mohinur Suyunova  

SHuningdek, “Eng yosh sportchi” nominaciyasiga SHohrux Pardaev  va SHahzod Raximov, “Eng faol ishtirokchi” nominaciyasiga  Jamshid Hamzaev  loyiq ko'rildi.

Bellashuvlar yakuniga etgach, tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindor sportchilar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Qarshi shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qarshi shahar kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Jahon ERGASHEV, Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport 

boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing