So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

11 apr 10:00
Yangiliklar

SHaxmat

Qarshidagi turnirda istedodli shaxmatchilar saralandi

Teglar :  SHaxmat
Qarshida “Kamolot” shaxmat taxtasi” respublika turnirining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Turnir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat, Xalq talimi vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi hamda SHaxmat federaciyasi hamkorligida tashkil etildi. 

– Ushbu ananaviy turnirning joriy yilgi mamlakat bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 8 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan 140 shaxmatchi ishtirok etdi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi bo'lim mudiri Umid Rajabov. – 2007 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa yosh havaskor shaxmatchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning professional sportga dadil kirib borishiga ko'maklashmoqda. 

Qizlar o'rtasida Namangan viloyatidan Mavluda Mahmudova, Buxoro viloyatidan Gulxumor Najmiddinova, Surxondaryo viloyatidan Gulchehra Abduxoliqova, Navoiy viloyatidan Barchinoy Oblaeva, Farg'ona viloyatidan Navro'zaxon Abdullaeva, o'g'il bolalar o'rtasida Qashqadaryo viloyati vakillari Salohiddin Jumanazarov va Anvar Hakimov, namanganlik Farhodjon Ergashev, xorazmlik Jonibek Baxtiyorov va Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili Abbazlar Auzimbetov o'z yosh toifasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Umumjamoa hisobida 1 oltin va 5 kumush medal bilan Navoiy viloyati jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'ringa Namangan, uchinchi o'ringa Surxondaryo viloyati jamoalari sazovor bo'ldi.

– Etti yoshimdan buyon shaxmat bilan shug'ullanaman, – deydi turnir g'olibi qashqadaryolik Anvar Hakimov. – Bugungidek musobaqalar kelajakda yanada yuqori natijalarni qo'lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsadim, nufuzli xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish. 

Turnirda “Eng yosh ishtirokchi qiz”, “Eng yosh ishtirokchi bola”, “Eng yaxshi partiya”, “Eng chiroyli kombinaciya”, “G'alabaga bo'lgan ishonchi uchun”, “Eng ahil jamoa”, “Master-klass” nominaciyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. 

Turnir doirasida tashkil etilgan turli madaniy-marifiy tadbirlar hamda Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylariga qilingan sayohat yoshlarda katta taassurot qoldirdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing