So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

21 dek 16:41
Yangiliklar

Boshqalar

Qashqadaryoda kitob sovg'asi

Teglar :  Futbol
Prezident tashabbusi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat va sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalari doirasida yoshlarimiz orasida kitobxonlikni targ'ib qilishga ham alohida etibor qaratish, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha muhim vazifalar belgilab bergan edi.  

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va taklifi bilan mamlakatimizda kitobxonlikka bo'lgan qiziqish yanada oshayotgani yoshlarimizning manaviyatiga, dunyo qarashi shakllanashiga, odob-axloqiga ijobiy tasir ko'rsatayotgani ayni haqiqat.

Ushbu tashabbus bois, yurtimiz bo'ylab barcha darajadagi rahbarlar, ziyolilar, ishchi-xodimlar tomonidan o'zlari o'qigan umumiy o'rta talim maktablariga kitoblar  sovg'a qilish jarayonlarini boshlab yuborishdi. Quvonarlisi, mazkur xayrli tashabbus hali hamon davom etmoqda.

Xususan, 20 dekabr kuni Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi direktori, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoni sohibi Nurali Sultonov ham o'zi o'qigan Koson tumani Xalq talimi bo'limiga qarashli 9 – umumiy o'rta talim maktabiga o'zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalaridan iborat kitoblar jamlanmasini sovg'a qildi. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabr kuni imzolangan “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida  shu kuni mazkur maktabda kitoblar sovg'a qilish tashabbusi  doirasida maktabda bolalar futbolini rivojlantirishga hissa qo'shish maqsadida Nurali Sultonov  futbol to'plari va sport kiyimlarini ham  sovg'a sifatida ulashdi. Sovg'alar topshirish tadbirida  futbol akademiyaning direktori N. Sultonov bilan birga futbol akademiyaning sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Nasim SHoyimov, manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'ziev,tajribali murabbiyi  Rustam Tog'aevlar ham ishtirok etib, o'quvchilarga kitobning inson tafakkuri kengayishdagi  o'rni, jismoniy tarbiya va sportga, futbolga oshno bo'lish xususida hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdi.  Maktab mamuriyati va o'quvchilari ushbu tashabbusdan behad mamnun bo'lishib, o'z tashakkurlarini izhor etishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing