06 jan 12:48
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/51986_220.jpg)
Qatar ExxonMobil Open. Agut chempionlik shoxsupasida!
Qatar poytaxti Doxa shahrida nufuzli tennis turniri yakunlandi.
Qatar ExxonMobil Open musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Tomash Berdix hamda ispaniyalik Roberto Bautista-Agut o'zaro to'qnash kelishdi. Agut dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichni 3/6, 7/6(6), 6/4 hisobida taslim etgan edi.
Dunyoning 24-raketkasi bo'lib turgan Agut 1 soatu 55 daqiqa davom etgan bahs yakunida reytingning 71-pog'onasidan joy olgan Berdixni 6:4, 3:6, 6:3 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin sohibiga aylandi. Muvaffaqiyatli ishtirok Bautistaga 250 reyting ochkosi hamda 219 755 dollarini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar