18 fev 11:18
Yangiliklar
Tennis

Qatar Open. Dunyoning birinchi raketkasi ishtirokini to'xtatdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 3 million 198 000 dollardan iborat Qatar Open turnirining yarim finalida dunyoning birinchi raketkasi daniyalik Karolin Voznyacki chexiyalik Petra Kvitovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan uchrashuvda dunyoning 21-raketkasi bo'lgan Kvitova 3:6, 7:6(3), 7:5 hisobida zafar quchdi. Bugun Karolin bosh mukofot uchun kechadigan final bahsida ispaniyalik Garbine Mugurasa bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar