26 fev 10:50
Yangiliklar
Tennis
Qatar Total Open. Dunyoning birinchi raketkasi g'alaba bilan boshladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti musobaqaning ikkinchi davrasida reytingning 68-pog'onasidan joy olgan germaniyalik Laura Zigemunddan ustun keldi - 6/3, 6/2. Uchrashuv 73 daqiqa davom etgan. Bu vaqt oralig'ida 23 yoshli Barti 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk rasmiy uchrashuvi edi. Endi Eshli Qatar Total Open turnirining 1/8 finalida belgiyalik Alison van Uytvank yoki qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar