10 fev 07:30
Yangiliklar
Futbol

Qatarda o'zbek derbisi bo'lib o'tdi va unda Tursunov jamoasi ustun keldi
Qatar Yulduzlar ligasida 20-turdan o'rin olgan bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.
Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Al Xaraytiyat" klubi o'z maydonida Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar SHoahmedov o'ynayotgan "Al Sayliya" klubini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Uchala hamyurtimiz ham o'yinda to'liq harakat qilishdi. "Al Sayliya" 20 ochko bilan 9-o'rinda, "Al Xaraytiyat" 19 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar ligasi. 20-tur
"Al Xaraytiyat" - "Al Sayliya" 2:1
Gollar: Mahmud Saad 31, M.Abdulloh 49 - D.Grigore 17
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar