16 fev 08:32
Yangiliklar
Tennis

Qatardagi WTA 1000 turnirida kutilmagan chempion
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 41-pog'onada borayotgan amerikalik Amanda Anisimova dunyoning 37-raketkasi latviyalik Elena Ostapenkoni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin sohibasiga aylandi. Amanda faoliyatida ilk bor WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir chempioni bo'ldi.
Anisimova tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1. Amanda bir haftalik mehnatidan 1000 reyting ochkosi va 597 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Ostapenko esa 650 ochko va 351 801 dollarga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar