07 fev 15:19
Yangiliklar

Qilichbozlarimiz Germaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadilar
Fevral oyi o'zbekistonlik qilichbozlar uchun musobaqalarga boy bo'ladi.
Bundan bir necha kun oldin shpagachi qizlarimiz Barselonadagi jahon kubogi bosqichida qatnashishlari haqida xabar qilgandik.
O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining MOQ matbuot xizmatiga malum qilishicha, rapirachi yigitlarimiz Germaniyada "Bonnskiy Lev" nomli xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. 9-11 fevral kuni o'tkaziladigan turnirda murabbiy Irina Vasileva boshchiligidagi terma jamoamiz sharafini Qurbon Qanoatov, Doniyor Sadullaev va Abror Sobirovlar himoya qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar