So’nggi yangiliklar

16:52Россиялик теннисчи Ўзбекистон номидан ўйнаш таклифини олган 0 15:33Нурсултон Рўзибоев ва Достон Бозоров Арман Царукян билан овга чиқди (ФОТО) 0 14:10"Атлетико" Альваресни бир шарт билан сотишга тайёр 0 13:35Перейра — Хокит жанги жараёнда — инсайдер 0 12:58Муҳайё Нарзиллоева жаҳон чемпионатининг кумуш медалини қўлга киритди 0 12:06Octagon 91: Суҳроббек Атажанов титул жангида қатнашмайди 0 11:32Жасур Яхшибоев салкам 3 йил деганда Суперлигада гол урди 0 10:50Махачев Гэррига қарши жангдан сўнг дисквалификация олди 0 10:09Таэквондочиларимиз "World Taekwondo Presidentʼs Cup" турнирини 9 та медал билан якунлашди 0 09:43UFC Noche турнирининг асосий жангида ўзгариш бўлди 0 09:16“Икки марта ўлимдан қолганман”. Германия терма жамоаси ҳужумчиси соғлиғидаги муаммолар ҳақида гапирди 0 08:44Валентина Шевченконинг қачон октагонга қайтиши маълум! 0 08:13Тошкент cузиш бўйича Жаҳон кубогини қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда 0 07:38Рамазон Темиров UFC'даги энг яхшиларни санади (ВИДЕО) 0 07:12"Галатасарой" Россия термаси футболчисини 25 миллион еврога сотиб олди 0

27 noy 12:00
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz ishonchni oqlashga vada berishdi

Teglar :  Qilichbozlik
Malumki, qilichbozlik sportida Olimpiada licenziyalari jahon reytingining yuqori 12 pog'onasida turgan sportchilarga nasib etadi.

Hozirda hech bir vakilimiz bu marraga etib bora olishmagani uchun barcha umidimiz Osiyo miqyosida o'tadigan licenzion turnirga bog'liq. Reglamentga ko'ra, ushbu musobaqada faqat g'oliblar Tokio-2020 yo'llanmasi bo'lishadi. Demak, vazifa murakkab. SHu bois barchadan o'z ishiga katta masuliyat bilan yondashish talab etiladi. Sablya bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi, 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni Vladimir Nazlimov takidlaganidek, sportchilar buni yurak va aql-idroklari bilan his qilishlari lozim. Aks holda qilinayotgan ishlarning bari befoyda.      

Kecha kunning ikkinchi yarmida MOQ ishchi guruhi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi mutasaddilari va sportchilarimiz bilan uchrashdi. Mamlakat dzyudo federaciyasi binosida o'tgan ushbu tadbirda MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, shuningdek, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

R. SHoabdurahmonov sportchi va murabbiylar bilan suhbatlashar ekan, ushbu sport turi asli o'zbekistonlik taniqli ishbilarmon, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani va buning natijasida bugungi kunda butun dunyoda keng ommalashayotgani, o'z navbatida, hukumatimiz tomonidan ham sportni har tomonlama rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotgani haqida to'xtalib o'tdi.

Ayni paytda qilichbozlik bo'yicha terma jamoamizda 3 nafar xorijlik murabbiy faoliyat olib bormoqda. Ular orasida jahon sporti afsonalaridan biri, uch karra Olimpiya o'yinlari, o'n karra jahon chempioni Vladimir Nazlimovni alohida etirof etish o'rinli bo'ladi. Tan olish lozim, Vladimir Aliverovich boshchiligida qilichbozlarimiz sablya yo'nalishida kun sayin mahoratlarini oshirib, xalqaro maydonda toblanib borishmoqda. Tajribali mutaxassis eng avvalo sportchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlay oldi. Ularda vatanga bo'lgan muhabbatni shakllantirish bilan birga, oldinga qo'yilgan maqsad sari dadil odimlashni o'rgatdi.

O'tkazilayotgan yig'inlar esa birinchi navbatda kelasi yili kutib turgan licenzion musobaqaga sportchilarimizni puxta tayyorlash, yig'inlarga yoshlar jamoasi vakillarini jalb qilib, ularning mahoratini oshirish, qolaversa, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga kuchli selekcion siyosatni yuritish kabi maqsadlarda tashkil qilingan. O'quv-mashg'ulot yig'inida 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

O'z navbatida, uchrashuv yakunida qilichbozlarimiz yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, oldinda turgan yirik musobaqalarda bildirilayotgan ishonchni oqlashga, Olimpiada licenziyalarini qo'lga kiritishga vada berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing