So’nggi yangiliklar

11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0

27 fev 12:30
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimizdan Osiyo chempionatidagi yana bir medal!

Teglar :  Qilichbozlik
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo'yicha kadetlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun qizlar o'rtasida qilich (sablya) yo'nalishi janglarida hamyurtlarimiz chorak finalda Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Yaponiya terma jamoasini 45:43 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. SHuni alohida qayd etib o'tish lozimki, hisob 38:40 ko'rinishida raqiblar foydasiga hal bo'layotgan bir vaqtda Zaynab Dayibekova o'z jangida 7:3 hisobida g'alaba qozona oldi va jamoaga g'alaba keltirdi.

Final yo'llanmasi uchun kechgan jangda qizlarimiz Janubiy Koreya terma jamoasiga 23:45 hisobida imkoniyatni boy berdilar va yakunda qizlarimiz Osiyo chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritdilar.

Malumot uchun, Osiyo chempionatida qilich (sablya) yo'nalishi bo'yicha terma jamoamiz sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qildilar:

Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi)

Sevinch Ismoilova (Toshkent shahri rassomchilik kolleji o'quvchisi)

SHaxnoza Tog'aymurodova (Toshkent shahri 300-sonli maktab o'quvchisi)

Sevila Xudoyberganova (CHirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi).

Eslatib o'tamiz, kecha yigitlarimiz kadetlar o'rtasidagi janglarda kumush medalni qo'lga kiritgandilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing