So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

06 iyu 17:59
Yangiliklar

Futbol

Qisqa vaqt ichida shonli tarix yarata olgan "Bunyodkor" jamoasi 15 yoshda

Teglar :  FutbolBunyodkor
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun 15 yoshga to'ldi.

"Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam, 2005 yilning 6 iyul kuni "Neftgazmontaj-Quruvchi" nomi bilan tashkil topgan "Bunyodkor" bugun 15 yoshni qarshi oldi. Keyinchalik "Quruvchi" nomi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoamiz 2008 yil "Bunyodkor"ga aylangach, dunyo nashrlarida ham tilga olina boshlandi, amalga oshiriyotgan ishlari etirof etildi, "qaldirg'ochlar" yanada balandroq ucha boshladi. Bu orada klubimizda o'sha mashhur Ziko, Luis Filipe Skolari kabi murabbiylar ishladi. Rivaldo singari jahon tan olgan, Xose Luis Vilyanueva kabi mohir to'purar legionerlar «Bunyodkor» libosini kiyishdi. Ispaniyaning grand jamoasi "Barselona" bilan o'zaro hamkorlik yo'l qo'yildi. Qisqa vaqt ichida milliy terma jamoamizning o'zagi bo'lgan futbolchilar "Bunyodkor" azosi sifatida maydonga tusha boshladi. Amalga oshirilgan islohatlar o'laroq, klub qoshida futbol akademiyasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Akademiyamiz tarbiyalanuvchilari bo'lgan "qaldirg'ochlar" bugun jamoamizning asosiy o'yinchilariga aylangan. Qisqasi, "qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyati uchun ko'pchilik eng shimarib, hamjihatlik bilan xizmat qildi. Lekin bu muvaffaqiyatlarning asosi aynan kimlarga bog'liq ekanligini barcha biladi, bugungi kunda ham ularni etirof etadi, yaxshi xotiralar bilan tilga oladi, shu jumladan biz ham! Zero, "Bunyodkor"ni nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyo va dunyo miqiyosida tan olinishi uchun qilingan xizmatlar unutilmaydi!



Rejaga ko'ra, "Bunyodkor"ning 15 yoshini katta tantanalar bilan nishonlashni maqsad qilgandik. Xususan, o'z vaqtida jamoamiz sharafini himoya qilgan legionerlar va "Paxtakor"ning sobiq yulduzlari ishtirokida o'sha, o'z vaqtida kuchli beshlikning mashhur derbilaridan qolishmagan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvini muxlislar uchun yana "jonlantirishni" rejalashtirgandik. Ammo Respublikamizda hukm surayotgan pandemiya va karantin davri bu rejalarni amalga oshirishimizga to'sqinlik qilmoqda. Boisi, doimo muxlislar uchun to'p surgan "qaldirg'ochlar" ushbu shou uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida ishqibozlar ko'z o'ngida va olqishlari ostida o'tkazishni niyat qilgan. Aytish kerakki, klub rahbariyati hali ham o'z maqsadidan qaytgani yo'q. Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan ishqibozlarni stadionga qaytishiga ruxsat berilsa, "Bunyodkor" 15 yillik tantanalar uchun ishlab chiqqan dasturini hayotga tatbiq etishni boshlaydi. Jumladan, muxlislar o'sha mashhur "Bunyodkor" - "Paxtakor" derbisini bevosita stadionda yana ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. SHuningdek, bu shou uchrashuv orqali faoliyatining so'nggi yilini «qaldirg'ochlar» safida o'tkazib, butsasini mixga ilgan o'yinchilar uchun xayrlashuv o'yiniga ham aylanadi. Xullas, Siz uchun o'ynaydigan "Bunyodkor" 15 yoshda",- deya xabar beradi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati. 

Quyida "Bunyodkor"ning yulduzli tarkibdagi suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.






Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing