03 may 12:41
Yangiliklar
Futbol
"Qizilqum"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliga 9-turdan o'rin olgan OKMK bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Kecha saytimiz orqali jamoa murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida xabar bergan edik. "Qizilqum"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ruminiyalik mutaxassis Augustin CHirica ham ish boshladi.
Malumot uchun, mazkur murabbiy 2015 yildan buyon O'zbekistonda "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Mashal", "Buxoro", "Navbahor", "Turon" jamoalarida faoliyat olib bordi.
Uning so'nggi ish joyi Yaypanning "Turon" klubi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar