29 dek 10:33
Yangiliklar
SHaxmat
Qolgan uch shaxmatchimiz rapid yo'nalishida nechanchi o'rinlarni band etishdi?
Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovdan tashqari yana uch yosh grossmeysterimiz rapid yo'nalishida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
So'nggi 13-turda Jahongir Vohidov (2566) qora donalarda rossiyalik Vladislav Artemevga imkoniyatni boy berdi. SHamsiddin Vohidov (2546) ham qora donalarda harakat qildi va yana bir rus grossmeysteri Anton Demchenko bilan durangga rozi bo'ldi. Javohir Sindarov (2353) esa qora donalarda greciyalik Stelios Xalikas bilan murosaga keldi.
SHu tariqa, Jahongir Vohidov 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra rapid musobaqasini 71, Javohir Sindarov 6,5 ochko bilan 93, SHamsiddin Vohidov esa 6,5 ochko jamg'argan holda 150 shaxmatchi orasida 103-o'rin bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar