25 noy 08:40
Yangiliklar
Futbol

Qo'shiqchi Nyusha va xokkeychi Morozov JCH-2018 elchilariga aylanishdi
Mashhur sobiq xokkeychi Aleksey Morozov va qo'shiqchi Nyusha JCH-2018 elchilari bo'lishdi.
Morozov va Nyushaning tantanali elchi etib tayinlanishi Qozon Arenada shahar meri Ilsur Metshin va Tatariston bosh vaziri Vladimir Leonov ishtirokida bo'lib o'tdi.
“Rossiyadagi mundial elchisi bo'lganimdan xursandman, bu men uchun bunday birinchi holat emas. Men 2013 yil Qozonda o'tgan Universiada yopilish marosimida qatnashgandim va 2015 yil suv sporti turlari bo'yicha Jahon chempionati elchisi bo'lgandim.
Men bundan faxrlanaman. Odamlar Rossiyadagi Jahon chempionati haqida yanada ko'proq bilishlari uchun qo'limdan kelgan ishni qilaman”, – deydi Nyush tantanali marosim chog'ida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar