So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

27 may 08:03
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonov 15 yoshli grossmeysterimizni enga olmadi, peshqadamlik qo'shnilarimizga o'tdi FOTOGALEREYA

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida o'tkazilayotgan Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning oltinchi  tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda oq donalarda harakat qildi. 17-jahon chempioni 15 yoshli xalqaro grossmeyterimiz Nodirbek Abdusattorov bilan durangga imzo chekdi. 

Qosimjonovning ochko yo'qotishidan qozog'istonlik grossmeyster Rinat Jumaboev unumli foydalanib qoldi. Jumaboev qora donalarda o'ynashiga qaramay, hamyurtimiz SHamsiddin Vohidovni mag'lub etdi va 4,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. 

Bu turda yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Anuar Ismagambetov bilan durang qayd etdi. Xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov esa qora donalarda o'ynab, qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Nurlan Ibraevni taslim etdi.

Yosh grossmeysterimiz Javohir Sindarov tajribali grossmeyterimiz Marat Jumaevga yutqazib qo'ydi. Bugun 7-turda peshqadam Rinat Jumaboev hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboevni sinovdan o'tkazadi. Rustam Qosimjonov qora donalarda Anuar Ismagambetov bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek Abdusattorov qozog'istonlik grossmeyster Pyotr Kostenkoga qarshi bahs olib boradi. 

Bugungi partiyalar oldidan Rinat Jumaboev 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Pyotr Kostenko, Rustam Qosimjonov, Ortiq Nig'matov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev va Anuar Ismagambetov hisobida 4 tadan ochko bor. 

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing