So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

25 may 08:24
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonov yosh shaxmatchimizni enga olmadi, Nig'matov kuchli grossmeysterni mag'lub etdi FOTOGALEREYA

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi davom etmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning to'rtinchi  tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda qora donalarda harakat qildi. 17-jahon chempioni yosh shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboevni mag'lub eta olmadi va durangga rozi bo'ldi. 

Yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov esa kuchli o'yin namoyish etdi. U qozog'istonlik xalqaro grossmeyster, turnirning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Rinat Jumaboevni mag'lubiyatga uchrata oldi. Ketma-ket uchta g'alabani qo'lga kiritgan Jumaboev to'rtinchi partiyaga kelib yutqazdi. 

Ortiq Nig'matov ushbu g'alabasi evaziga musobaqa jadvalida 3,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Yosh grossmeysterlarimiz Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov o'rtasidagi partiya durang bilan yakunlandi. 

Bugun 5-turda karvonboshi Ortiq Nig'matov qora donalarda grossmeyster Nodirbek Abdusattorovga qarshi bahs olib boradi. Uchtadan ochkoga ega Rustam Qosimjonov va Rinat Jumaboev bugun o'zaro hisob-kitob qilishadi. 

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing