So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

26 may 07:51
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonovda yana durang, besh nafar shaxmatchi peshqadam

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi davom etmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning beshinchi  tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda qora donalarda harakat qildi. 17-jahon chempioni qozog'istonlik Rinat Jumaboev bilan durangga imzo chekdi. 

Bu tur oldidan yakka peshqadam bo'lib turgan shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorovga imkoniyatni boy berdi. Yana bir grossmeysterimiz Jahongir Vohidov qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Anuar Ismagambetovga yutqazib qo'ydi. 

Yosh grossmeysterimiz Javohir Sindarov qora donalarda o'ynab, tojikistonlik Muhammad Xusanxo'jaevga imkoniyatni boy berdi. Bugun 6-turda Rustam Qosimjonov oq donalarda Nodirbek Abdusattorovga qarshi bahs olib boradi. Ortiq Nig'matov esa Anuar Ismagambetov bilan hisob-kitob qiladi.

Bugungi partiyalar oldidan Rinat Jumaboev, Rustam Qosimjonov, Ortiq Nig'matov, Nodirbek Abdusattorov va Anuar Ismagambetov 3,5tadan ochko jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Jumaboev birinchi o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing