05 noy 17:31
Yangiliklar
SHaxmat
Qoyil! 3 yoshli shaxmatchi FIDE reytingiga kirdi
3 yoshli hindistonlik Anish Sarkar Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) reytingidagi eng yosh o'yinchiga aylandi.
Sarkar 2021 yilning 26 yanvarida tug'ilgan. Hozirda u klassik yo'nalishda 1555 ochkoga ega. U oktyabr oyida 9 yoshlilar o'rtasidagi G'arbiy Bengaliya chempionatida qatnashib, 140 nafar ishtirokchi o'rtasida 5,5 ochko to'plagan va 24-o'rinni egallagan. Keyinroq u mazkur turnirda 13 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi bellashuvlarda ham qatnashgan, lekin ochko qo'lga kirita olmagandi.
Bungacha reytingdagi eng yosh shaxmatchi sifatida bangladeshlik 4 yoshli Afnan Aylan qayd etilardi.
Havola :
Manba : FIDE
Fikrlar