So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

28 dek 09:25
Yangiliklar

SHaxmat

Qoyil! Jahon chempionatida qatnashayotgan yagona ayol shaxmatchimiz amaldagi jahon chempionini mag'lub etdi

Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasidagi dunyo birinchiligida yagona vakilamiz Afruza Hamdamova (2188) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Afruza 8 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 15-o'rinni egallab turibdi. To'qqizinchi pog'onadagi xitoylik grossmeyster Tan Jong Yi (2502) hisobida g'am 5,5 ochko bor.  

Hamdamova kecha tunda o'tkazilgan 4 ta turda 2 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Afruza 7-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, ikki karra jahon chempioni, blic yo'nalishida amaldagi jahon chempioni rossiyalik Valentina Gunina (FIDE, 2388)ni mag'lub etishni uddaladi. U 8-turda qozog'istonlik grossmeyster, blic yo'nalishida ikki karra jahon chempioni Bibisara Assaubaeva (2444) bilan durang o'ynadi. Beshinchi turda ruminiyalik Irina Bulmaga (2378)dan ustun keldi.  

Turnir jadvalida 8 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'argan xitoylik Ju Venjun (2536) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. Hindistonliklar Harika Dronovalli (2416) va Hampi Koneru (2431) hisobida ham 6,5 ochko bor. Katerina Lagno (FIDE, 2433), Yip Karissa (AQSH, 2389), Aleksandra Kostenyuk (SHveycariya, 2486), Elizabet Paetz (Germaniya, 2406) va Stavrula Tsolakidou (Greciya, 2381) 6 ochkodan bor. 

AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 8 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 33-pog'onadan 63-o'ringa tushib ketdi. U 3 g'alaba, 2 durang va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing