17 sen 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston boks terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi
Aybek Oralbay boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasining yangi sardori bo'ldi.
Bungacha Aslanbek SHimbergenov jamoa sardori hisoblanardi. Aybek Oralbay Osiyo chempioni. Parij Olimpiadasida -92 kg vazn toifasida chorak finalga qadar etib borgan va bu bosqichda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Alfonso Domingesga yutqazib qo'ygandi.
Avvalroq, Qozog'iston terma jamoasi ustozi Qayrat Satjanov bo'lajak Osiyo chempionatida Oralbay +92 kg vazn toifasida jang qilishini aytgandi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar