11 okt 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik bokschi o'zbek raqibga qarshi jangdan keyin jarohat olgani malum bo'ldi
Parij Olimpiadasining kumush medali sohibi Nurbek Oralbay Osiyo o'yinlarida jarohat olganini malum qildi.
Bu haqda Sports.kz jurnalist Aslan Kajenovga tayanib xabar bermoqda.
"Nurbek aloqaga chiqdi! Uning aytishicha, jarohati tufayli Qozog'iston chempionatida ishtirok eta olmaydi. To'rabek bilan jangda elkasini shikastlab olgan. Zarur bo'lsa, tibbiy malumotnoma va rentgen tasvirini taqdim etishga tayyor.
SHuningdek, u 90 kg gacha bo'lgan vazn toifasidagi raqobatdan qochmayotganini va hanuz eng yaxshi ekanini isbotlash niyatida ekanini aytdi.
Vaziyat ana shunday", — deb xabar berdi jurnalist.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar