20 may 13:58
Yangiliklar
Futbol

Qozog'iston chempionatining qachon davom ettirilishi malum bo'ldi
Qozog'istonda futbol mavsumining qachondan davom etishi malum bo'ldi.
Qozog'iston professional futbol ligasi rahbariyati Premer-liganing 3-tur o'yinlarini iyun oyi boshi (6-7 iyun)da o'tkazishmoqchi.
Ammo, ushbu sanalar Sport va sanat vazirligining mamlakatning bosh sanitar vrachi bilan maslahatlashuvidan so'ng rasmiy ravishda elon qilinadi. Mavsumning qolgan barcha o'yinlari bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, chempionat pauzasiga qadar "Astana" klubi jadvalda etakchilik qilayotgan edi.
Havola :
Fikrlar