04 apr 17:15
Yangiliklar

Qozog'istonlik bokschi 20-0 rekordga ega raqibini chuqur nokautga uchratdi + FOTO
Xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshom doirasidagi janglarning birida qozog'istonlik Tursinbay Kulaxmet (3-0, 2 KO) venesuelalik tajribali raqib Eber Rondon (20-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Rondon prof ringda 20 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan edi. Kulaxmet esa uchinchi jangini o'tkazdi.
Oradagi tafovutga qaramay, birinchi o'rta vazn toifasida WBC International kamari sohibi bo'lib turgan Tursinbay raqibini birinchi raundning o'zida chuqur nokautga uchratdi. Avvaliga uning zarbasidan so'ng Eber nokdaun bo'ldi. Keyingi qarama-qarshi zarba esa jangga nuqta qo'ydi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar