18 jan 20:01
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Xobart turniri g'olibasiga aylandi
Dunyoning 30-raketkasi Elena Ribakina Avstraliyaning Xobart shahrida yakunlangan Hobart International turnirining bosh sovrini sohibasiga aylandi.
Qozog'istonlik tennischi final uchrashuvida reytingda o'zidan 10 pog'ona pastda borayotgan xitoylik CHjan SHuayni 7/6(7), 6/3 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv 93 daqiqa davom etgan. Bu tennischilarning o'zaro ilk to'qnashuvi edi.
Elena mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi ikkinchi WTA tituliga ega chiqdi. Xobartdagi muvaffaqiyatli ishtirok Ribakinaga 43,000 AQSH dollari hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. SHuay esa 21,400 dollar va 180 ochkoga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar