24 jan 08:16
Yangiliklar

Qozondagi uchchala tennischimizda g'alaba, bugun o'zbek derbisi!
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz - Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Ularning barchasi ilk davrada g'alaba nashidasini surishdi.
ATP reytingida 386-o'rinni egallab turgan istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov birinchi davrada saralash bahsi g'oliblaridan biri serbiyalik Boris Butulyaga qarshi kortga chiqdi. Qozon turnirining uchinchi raketkasi sifatida saralangan Humoyun raqibini 7:6(4), 6:2 hisobida engdi.
Sanjar Fayziev rossiyalik Aleksandr Igoshindan 6:0, 6:3 hisobida ustun keldi. Turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Sergey Fomin esa asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan rossiyalik Alibek Kachmazovni 6:3, 2:6, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi ikkinchi davrada Fayziev va Fomin bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi.
Fikrlar