01 noy 10:10
Yangiliklar
Tennis

Quvaytda o'ynayotgan Fayzievda g'alaba, SHofayzievda mag'lubiyat
Quvaytning Mishref shahrida mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada terma jamoamiz azolari Sanjar Fayziev va SHonig'mat SHofayziev o'z mahoratlarini namoyish etmoqda.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Fayziev ilk davrada kanadalik Entoin Leduchni 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi.
Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi ruminiyalik Andrey Patrui bo'ladi. Afsuski, SHonig'mat SHofayziev birinchi bosqich uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. U turnirning sakkizinchi raketkasi, gollandiyalik Paul Montebanga 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar