30 sen 11:17
Yangiliklar
Engil atletika
Radzivil jahon chempionatining finalida bellashadi
Qatar poytaxti mezbonlik qilayotgan engil atletika bo'yicha jahon chempionatida bugun navbatdagi kun bellashuvlari start oladi.
Etiborlisi, ushbu kun dasturidan o'rin olgan balandlikka sakrash bo'yicha ayollar o'rtasidagi final dasturida hamyurtimiz Svetlana Radzivil ham bahs olib boradi.
Yurtdoshimiz saralash bellashuvlarida 1.94 metr balandlikni zabt etib, oltin medal uchun kurash olib boradigan eng kuchli 12 nafar ishtirokchi orasidan joy oldi. Mazkur yo'nalish saralash bosqichida boshqa bir vakilimiz Nadiya Dusanova 1.80 metr balandlik bilan finalga yo'l ololmagan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar