So’nggi yangiliklar

19:51Жошуа Ван - Александр Пантожа реванш жанги ўтказилади 0 19:06Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев бош оғир атлетикачиларимиз Туркияга жўнаб кетди 0 18:38ATP рейтинги. Султонов 107, яна бир теннисчимиз 57 поғонага юқорилади 0 18:15"Навбаҳор" Ўзбекистон МТЖ аъзоси билан шартнома имзолади 0 17:42Том Аспиналл навбатдаги жангини ўтказишга тайёрлигини билдирди 0 17:07Крикетчиларимиз Қобулда Афғонистон билан ўртоқлик ўйини ўтказишди 0 16:39Конор Макгрегор: "Шайтон юзимга тик қараб тургандай" 0 16:13Муҳаммад Салоҳнинг эҳтимолий янги клуби маълум бўлди 0 15:44Умар Кремлёв: "Биволга трилогия учун икки баробар кўп пул таклиф қилдик, лекин..." 0 15:18Кудерметова ва Тимофеева Афинадаги WTA 250 турнирида иштирок этади 0 14:53Ўзбекистонлик пойгачи Италиядаги мусобақада муваффақият қозонди 0 14:26Чемпионликни кўзлаган “Пахтакор” май ойидан бери маошсиз 0 13:54Макс Холлоуэй Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 13:30Тахмина Икромова Жаҳон кубогида иккита медаль қўлга киритди 0 12:59Илк марта уйғур спортчиси UFC билан шартнома имзолади + ФОТО 0

26 iyu 12:41
Yangiliklar

Engil atletika

Radzivil va Dusanova Franciyadagi turnirda shohsupaga ko'tarilishdi

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishi bo'yicha terma jamoamiz azosi Svetlana Radzivil Evropa arenalaridagi zafarli yurishlarini davom ettirmoqda.

Hamyurtimiz bu gal Franciyanining Monjeron shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda zafar quchdi.

“Per de Kuberten” stadionida kechgan musobaqada sportchimizning qayd etgan natijasi 1.91 metrni tashkil etdi. Musobaqada boshqa bir hamyurtimiz Nadiya Dusanova ham ishtirok etib, 1.89 metr natija qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Dusanova kuni kecha Polshadagi musobaqada g'olib bo'lish uchun 1.86 metr kifoya qilgan edi.

Takidlash joiz, Tokio Olimpiadasining normativi ushbu yo'nalishda 1.96 metrga teng. Ko'rinib turibdiki, hamyurtlarimiz tobora yuqori sport formasiga kirib borishmoqda. Musobaqada kumush medal estoniyalik Grete Udrasga nasib etdi. Udras ham 1.89 metr ko'rsatkich qayd etgan. Biroq bu balandlik uchun Dusanovadan kamroq urinish sarflagani uchun ikkinchi pog'onaga ko'tarildi.

Tokio Olimpiadasining yo'llanmasi uchun harakat qilayotgan har ikki sporchtimizga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing