So’nggi yangiliklar

19:06Олимпиада чемпиони Гейбл Стивесон ММАдаги учинчи ғалабасини қўлга киритди (ВИДЕО) 0 18:45Octagon League'нинг кейинги турнири ҳам Тошкентда бўлади (ПОСТЕР) 0 18:24Қотиллик учун жазо ўтаган "Фламенго" собиқ сардори футболга қайтди 0 18:03Нассурдин Имамов уни террорчи деб атаган Стриклендга жавоб қайтарди 0 17:42Боксчиларимизнинг "Кичик Жаҳон чемпионати" — "Странжа" учун таркиби эълон қилинди 0 17:21Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича мусобақа ўтказилди 0 17:00"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди 0 16:39ATFC Лигасининг навбатдаги турнири Самарқандда ўтказилади (ПОСТЕР) 0 16:18Бектемир Мелиқўзиевнинг рақиби бўлажак жанг олдидан нималар деди? 0 15:57Оксана Чусовитина Жаҳон кубогининг финалига йўл олди 0 15:36Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар 0 15:15Қишки Олимпиада-2026. Ўн олтинчи куннинг барча натижалари битта хабарда 0 14:54Кроуфорд режадагидан аввалроқ фаолиятини якунламоқчи бўлган экан 0 14:33Манба: Алекс Перейра ва Сирил Ган камар учун жанг қилади 0 14:12Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди + ФОТО 0

11 may 10:55
Yangiliklar

Tennis

Rafael Nadal: "Alkarazning Madriddagi g'alabasi men uchun syurpriz bo'lmadi"

Rafael Nadal o'z hamyurti Karlos Alkarazning g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"U allaqachon Mayami va Barselonadagi turnirda g'alaba qozongan. To'g'risini aytsam, Madriddagi g'alaba men uchun katta syurpriz bo'lmadi. U uchun xursandman. Uning ayni damda o'ziga qanchalik ishonishi va qay darajaga chiqa olishi hammaga tushunarli. 

Yurtimizda uzoq vaqt o'ynay oladigan ajoyib tennischi paydo bo'lganidan xursandman. Ayniqsa, uyda g'alaba qozonish har doim yoqimli. Bu uning uchun Madriddagi o'zgacha hafta bo'lsa kerak", - dedi Nadal.

Nadal, shuningdek, "Rolan Garros"-2022'da bu yil birinchi marta Novak Jokovich bilan bitta “Katta Dubulg'a” turnirida ishtirok etishini izohladi.

"Menimcha, bu unchalik katta ahamiyatga ega emas. Tennis Novak va mendan ko'ra muhimroq. CHempionlik uchun kurasha oladigan tennischilar ko'p. Bundan 5-10 yil oldingidek, uch-to'rt nafar tennischi chempionlik uchun kurashadigandek tuyulayotgandir, ammo hammada imkoniyat bor. Menimcha, bugungi kunda vaziyat boshqacha.

Muxlislar meni, Rojer va Novakni kortda ko'rishni afzal bilishadi. Turnirda eng kuchlilar ishtirok etsa, har doim yaxshi. Ammo, vaziyat o'zgarmoqda, biz ham qariyapmiz. Yangi avlod kuchayib bormoqda. "Rolan Garros" muhim turnir. O'ylashimcha, chempionlikni qo'lga kiritish uchun ko'pchilikda imkoniyat bor".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing