21 apr 08:41
Yangiliklar
Rafael Nadal “Katta uchlik”ning o'rnini qaysi tennischilar egallashi mumkinligini aytdi
“Bu odatdagi ish tartibidek, biz keksaymoqdamiz. Bizda tomosha qilish qiziq bo'lgan yosh avlod tennischilari borligi juda yaxshi. Qaysi biri yaxshiroq? Aytish qiyin. Men tanlamoqchi emasman, chunki balki adashayotgandirman.
Medvedev, Cicipas, Zverev, Tim (yoshi biroz kattaroq bo'lsa ham), shuningdek SHapovalov, Oje, Rublyov. Bu ajoyib tennischilarning buyuk avlodi. Hozirda katta salohiyatga ega tennischilar ko'p. Bir-ikki yildan so'ng ular bilan nima bo'lishini ko'ramiz. O'z mahoratini maksimal darajada oshira oladigan kishi muvaffaqiyatga erishadi va ularning har biri buni o'z yo'lida qilsin.
Men ulardek ajoyib tennischilar bilan titul uchun kurashishimdan xursandman”, - deya Nadalning so'zlarini keltiradi Metro.
Fikrlar