11 may 19:45
Yangiliklar
Tennis

Rafael Nadalning Rimdagi yurishi davom etadi
Ayni kunlarda Rimda mavsumning navbatdagi "Masters" turniri bo'lib o'tyapti.
Sayyoramizning to'rtinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 27-o'rinni egallab turgan amerikalik Jon Iznerni 6/3, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 17 daqiqa davom etdi. O'zaro uchrashuvlarda hisob ispaniyalik tennischi foydasiga 8:1 ko'rinishiga keldi.
Nadalning turnirdagi navbatdagi raqibi kanadalik Denis SHapovalov bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar