16 noy 08:05
Yangiliklar
Taekvondo
Rafalovich va Sodiqova jahon chempionati sovrindorlari
Meksikaning Gvadalaxara shahri taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Hamyurtlarimizdan ikki nafari jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova o'z vazn toifalarida shohsupaga ko'tarilishdi.
Har ikki vakilimiz yarim finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borishdi. -87 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Nikita Rafalovich final chiptasi uchun asli kelib chiqishi eronlik, hozirda Serbiya sharafini himoya qilayotgan Mehdi Hodabaxshiga, -62 kg vazndagi Feruza Sodiqova esa greciyalik Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar