So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

29 iyu 16:07
Yangiliklar

Boshqalar, Formula-1

Ralli tarixidagi eng kuchli va daxshatli mashinalar

Teglar :  RalliMashinalar
Kuch, go'zallik va ishonchlilik bitta materialda!

"Mitsubishi Pajero"



"Dakar"da g'alaba qozonish bo'yicha etakchi. Avtomobilning asosiy hususiyati 6 cilindrli dvigetelga o'tish bo'lgan. (4 litrdan 3,5 litrli hajmga o'tish). Bir necha yil davomida etakchilikni o'zida saqlab kelgan.



"Folsfagen Tuareg 2"



Albatta bunday nomli mashinalar qimmat tursada, ralliga moslashgan "Tuareg"ning ularga katta aloqasi yo'q. Ushbu mashina faqat bir maqsadda yaratilgan: raqiblarni er tishlatish va nemis kompaniyasining kuchini isbotlash! Va yakunda bu Karlos Saynsga "Dakar" g'olibiga aylanishga foyda berdi.



"KAMAZ" 4911



Rossiya avtosportining haqiqiy afsonasi. 2002 yil ishlab chiqarilgan "monstr" haliyam jahonda o'z tezligini 180 km/soatga etkaza oladigan kamdan-kam yuk mashinasidan biri hisoblanadi. Vladimir CHagin va Firdavs Kabirovning g'alabalari ham aynan mana shu "KAMAZ" bilan bog'liq.


"SHlesser-Reno" Baggi



Noodatiy dizaynli katta tezlikka ega bo'lgan mashina. SHlesser 2013 yilda "Ipak yo'li" g'olibiga aylangan. SHuningdek, "Afrika Eko Reys"da ham uzoq vaqt etakchilik qilgan.


"Sitroevn" ZX



"Dakar"da qatnashgan eng noodatiy retro-avtomobillardan biri. 2007 yilda ishlab chiqarilgan.


"Porshe" 959



"Porshe" doimo avtopoygalarga moslashgan avtomobillarni ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 1982 yilda germaniyaliklar rallida ishtirok etadigan mashina ishlab chiqarishga qaror qildilar. Ushbu yangi mashina "Porshe 911" asosida yaratilishi kutilgandi.  Biroq yakunda 450 ot kuchiga ega ushbu mashina dunyo yuzini ko'rgan.


"Mersedes" 280 GE



"Gelendvagen" ("gelik") ko'pchilikning fikricha poyga mashinasi hisoblanmaydi. Lekin, "Mersedes" ushbu mashinani rallilarda foydalana boshladi. 1983 yilda startga chiqqan 4 ta nemis mashinasidan Jaki Iks boshqargan "gelik" g'alabaga erishgan. O'shanda ikkinchi o'rin "Niva"ga nasib qilgandi.



"Pejo" 405 Turbo-16



Ushbu mashinani ishlab chiqarganlar mashinaning dizayni va texnik hususiyatlarini moslashtira olganlar. Bu to'rtta g'ildiragi ham boshqariladigan ilk ralli mashinasi hisoblanadi. 600 ot kuchiga ega mashina 10 sekunddan kam bo'lgan vaqt ichida tezligini 200 km/soatga chiqara oladi. Bundan hususiyatlar "Pejo"ga ko'plab muvaffaqiyatlar olib kelgan.


"Fiat Kampanola"



"UAZ"ga o'xshab ketadigan ushbu mashinani rallilarda qatnashganining o'zi ajablanarli. 1979 yilgi "Dakar" rallisida bir necha nafar ekipajdan tashkil topgan havaskorlar "Fiat" ruliga o'tirishgan. Bir necha yil rallida qatnashgan italiyaliklar g'olibga aylana olishgan. Mashina harbiycha dizayni orqali ham yaxshigina muvaffaqiyat qozongan.


"Mini" ALL 4 Racing



"BMV" turbo-dvigateli bilan jihozlangan mashina "Dakar"da ko'plab g'alabaga erishgan. Bu yilda ham "Mini" ekapajida Al Raji yaxshi harakat qilayotgandek ko'rinmoqda. Lekin, baribir etakchiga aylana olmayapti.


"Dizel Opti" benzovozi



CHo'lda mashinalar uchun yoqilg'i quyib olish uchun doim ham sharoit bo'lavermaydi. SHuning uchun, bu yil ekipajlar yoqilg'isi bo'lgan benzovozni o'zlari bilan olib yuribdilar. Ushbu benzovoz sputnik nazorati tizimiga ulangan. Bunda nafaqat GPS, balki yoqilg'i nazorati datchigi ham ishlaydi. Dispecherlar onlayn rejimda yoqilg'i sarfini nazorat qilib turishlari mumkin.


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing