15 sen 10:45
Yangiliklar
Futbol

Raneri - ECHLda oltita klubni boshqargan uchinchi murabbiy
Angliya chempioni “Lester” klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turida “Bryugge”ni 3:0 hisobida mag'lub etgandi.
“Tulkilar” ustozi Klaudio Raneri bu bilan CHempionlar ligasida oltinchi klub bilan ishlashga erishdi.
Rafael Benites (“Nyukasl”) olti klub bilan musobaqada ishtirok etgan, bu borada mutloq rekordchi Karlo Anchelotti (“Bavariya”) hisoblanadi. U Evropaning eng nufuzli musobaqasida 7ta turli klub bilan ishladi.
Eslatib o'tamiz, Raneri “Napoli”, “Fiorentina”, “Valensiya”, “Atletiko”, “CHelsi”, “Parma”, “Yuventus”, “Roma”, “Inter” va “Monako” klublarida ishlagan.
Havola :
Fikrlar