25 avg 08:40
Yangiliklar
Tennis

Raonich ham US Open turnirida qatnasha olmaydi
Tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida ishtirok eta olmaydigan etakchi raketka ustalari safi kengayib boryapti.
Kanadalik tennis yulduzi Milosh Raonich ham ana shunday omadsizlar qatoriga qo'shildi. USOpenturniri oldidan Raonichning jarohati bezovta qila boshlagan. Natijada dunyoning 11-raketkasi tashkilotchilarga turnirda ishtirok eta olmasligini malum qilgan.
Avvalroq, shveycariyalik Stanislas Vavrinka, serbiyalik Novak
Jokovich hamda yaponiyalik Kei Nisikorining ham US Open musobaqasida qatnashmasligi
malum bo'lgandi. Turnirning asosiy to'r bahslari 28 avgust kuni Nyu-York shahrida
boshlanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar