28 dek 08:58
Yangiliklar
Rapid va blic bo'yicha tarixiy jahon chempionati boshlandi
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti.
Saudiya Arabistoni hukumati tarixda ilk bor ayol shaxmatchilarga o'zlari istagan libosda musobaqada qatnashishga ruxsat berdi. Ayol shaxmatchilar ro'mol o'rashlari ham shart emas.
SHuningdek, Eron va Qatar mamlakati sportchilariga ham ilk bor viza taqdim etildi. Birgina Isroil davlati shaxmatchilariga bunday imkoniyat berilmadi. Jahon chempionatida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen, blic va rapid yo'nalishida amaldagi chempionlar Sergey Karyakin hamda Vasiliy Ivanchuk ham ishtirok etyapti.
Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida o'zbekistonlik ikki grossmeyster – 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2679) va Gulruhbegim Tohirjonova (2171) yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.
Fikrlar